
"Atletiko" Oblakning tovon pulini oshirmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi bosh direktori Migel Anxel Xil tajribali darvozabon Yan Oblakni kelgusi mavsum ham jamoada olib qolishga umid qilmoqda.
Qayd etish lozimki sloveniyalik posbonning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan va unda Oblakning tovon puli 100 mln evro etib belgilab qo‘yilgan.
“Biz Oblakning tovon pulini oshirishga urinib ko‘ramiz. Ammo shu bilan birga biz unga ishonishimiz ham kerak. U biz bilan qolishni istayotganini bilamiz va biz ham uning jamoamizda qolishini istaymiz”, - deydi Migel Anxel Xil.
Fikrlar