
“Atletiko” JCh-2018 ishtirokchisini mag‘lubiyatga uchratdi
Kecha Madridning “Atletiko” klubi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Nigeriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Gollarga boy kechgan o‘yin 2:3 hisobida “matraschilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Nigeriya - "Atletiko" - 2:3 (1:1)
Gollar: Nvakali, 31 - 1:0, Korrea, 34 - 1:1, Torres, 63 - 1:2, Usman, 79 - 2:2, Moreno, 85 - 2:3
Nigeriya: Tomas, Ajana, Alxassan (Ashadi, 40), Duru, Eduok (Usman, 53), Kadiri, Muxammed, Nvakali, Nvakali, Odjo (Omoyele, 53), Olamilekan
"Atletiko": Oblak (Verner, 46), Karro (Vitolo, 46), Korrea (Aguero, 76), Gameyro (Moreno, 60), Gonsales, Xuanfran (Solano, 46), Montero (Torres, 46), Moyya (Jota, 46), Munos, Olabe (Gabi, 76), Tomas
Fikrlar