
"Atletik" o‘z maydonida "Leganes"ni engdi (video)
Kecha La Ligada shuningdek ilk turdan o‘rin olgan yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shu kuni Bilbaoning “Atletik” klubi o‘z maydonida “Leganes”ni qabul qildi.
Nolaskoayn va Muniainlar tomonidan kiritilgan gollar maydon egalariga muhim g‘alabani taqdim etdi. Mehmonlar safidan javob to‘piga esa Silva mualliflik qildi. Yakuniy hisob 2:1.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar