«Atletik» - «Real»: xulosalar, faollar, omadsizlar

  • 18 sentabr, 2018, 16:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«San-Mames» ispan futbolining uch tarixiy klublarining ikkitasi jangiga guvoh bo‘ldi. O‘yin yakunida madridliklarning yangi mavsumdagi ajoyib startiga barham berildi. Poytaxt klubi muhim ikki ochkoni qo‘ldan chiqardi. Xo‘sh, ushbu uchrashuvning g‘olib va mag‘lublari kimlar?

Tecno

G‘olib: Iker Muniain

Iker Muniain 25 yoshidayoq «Atletik Bilbao» uchun 369 o‘yin o‘tkazishga erishdi. Bu hayratlanarli, biroq u katta futbolni orttirib olgan jiddiy jarohati sabab bir necha oy o‘tkazib yuborganini unutmasligingiz kerak.

Muniain 16 yoshidayoq o‘z debyutini o‘tkazgan edi. U o‘shanda butun dunyoni zabt etadigandek taassurot uyg‘otgandi. Murabbiyning noto‘g‘ri qarorlari va albatta jarohatlar uning kelajagiga soya soldi. Ammo «Real»ga qarshi bahsda «kichik yo‘lbars» jangga kirishdi.

Muniain «qaymoqranglilar»ga qarshi sensatsion o‘yin ko‘rsatdi. Hujumga barqaror kuch va etakchilik qobiliyatini namoyish qildi.

Mag‘lub: Iker Muniain

G‘olib bo‘lish bilan birga Iker Muniain mag‘lublar qatorida ham bor. Ikkinchi bo‘limda ozgina o‘ynagan futbolchi yana jarohat oldi va o‘yinni davom ettirolmasligi ma’lum bo‘ldi.

«Atletik» tavakkal qilishni istamadi va uni Ander Kapa bilan almashtirdi. Ammo Muniainning yuzida umidsizlikni ko‘rishingiz mumkin edi. Bu yurakni larzaga soluvchi lahza edi, hech shubhasiz Muniain biroz muddat yana futbol havosidan bahramand bo‘la olmaydi.

G‘olib: Unai Simon

Kepa kim? «Atletik» shu yozda asosiy darvozabonini rekord darajadagi mablag‘ga pullashga muvaffaq bo‘ldi. Kepa ajoyib darvozabon edi, uning ketishi va o‘rinbosari bo‘lishi kutilgan Yago Errerinning jarohati Atletik himoyasida «g‘or»ni ochib berishi kerak edi. Ammo bunday bo‘lmadi, yosh posbon Unai Simon («Elche»dan ijaradan qaytarildi) o‘yinga qo‘shildi va klub unga ishonishi mumkinligini namoyish qila boshladi.

Simon «qirollik klubi»ga qarshi haqiqiy qahramonlik ko‘rsatdi. U nafaqat madridliklar hujumidan qo‘rqmadi, balki ajoyib seyvlarni ham amalga oshirdi. Uning Garet Beyl, Serxio Ramos va ayniqsa Marko Asensiolarning xavfli zarbalarini qaytarishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.

Mag‘lub: Serxio Ramos

«Real Madrid» sardori Ispaniya shimolida o‘zining eng yomon uchrashuvlaridan birini o‘tkazdi. Xorvatiya ustidan Ispaniya tarkibida ajoyib g‘alabaga erishgan Ramos tushunarsiz tarzda o‘zining eng yaxshi sport formasini namoyish qila olmadi.

Uning o‘yini haqiqatdan yomon edi. «Real» muxlislari undan so‘nggi daqiqalarda g‘alaba goli kutishgani aniq.

G‘olib: Kazemiro

Birinchi bo‘limda «Real Madrid» mezbon jamoa tarafidan mutlaqo qamalga olindi. Ular madridliklarning yarim himoyasi tayanch nuqtasi ojizligi sabab buning uddasidan chiqishdi. Ikkinchi bo‘limda Xulen Lopetegi maydonga Kazemironi tashladi va barchasi ular foydasiga o‘zgardi.

Braziliyalik futbolchi yarim himoyaga mustahkamlik bag‘ishladi. «Real»da «Atletik» sherlariga qarshi kurasha oladigan yarim himoyachi paydo bo‘ldi. Albatta Kazemiro «Real»ning barcha muammolarini to‘liq hal qila olgani yo‘q. Ammo uning maydondaligi jamoaning hujum imkoniyatlarini ancha oshirdi.

G‘olib: Isko

Isko ushbu oqshom Xulen Lopetegining porloq yulduziga aylanmadi. Chunki u o‘yinni zaxiradan boshladi. U jamoasi «San Mames»dan qiynalayotganini kuzatib o‘tirishga majbur bo‘ldi. Bunday holat Zidan qo‘li ostida ham tez-tez sodir bo‘lardi. Isko ko‘pincha zaxirada qoldirilardi.

Biroq Lopetegi Zidan emas. U Iskoni Muniain zaxiraga olinganidan 10 daqiqa o‘tib maydonga tushirdi. Lopetegining qarori to‘g‘ri bo‘lib chiqdi va Isko maydonga tushar-tushmas oradagi muvozanatni yo‘qqa chiqardi. Qimmatli bir ochko Iskoning goli tufayli qo‘lga kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!