
"Arsenal" yosh va kamchiqim murabbiy izlamoqda
Londonning “Arsenal” klubi mavsum yakunlangach Arsen Vengerdan bo‘shaydigan o‘ringa qanday murabbiyni jalb etishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” rahbariyati jamoa boshqaruviga yosh iqtidorli va katta maosh talab qilmaydigan mutaxassisni jalb qilishmoqchi. Shu bois hozir “Arsenal”dagilar Mikel Arteta (“Manchester Siti”), Patrik Vieyra («Nyu-York Siti»), Leonardu Jardim («Monako»), Paulu Fonseka («Shaxter») va Yulian Nagelsmann («Xoffenxaym») kabi murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Vengerning o‘rniga keladigan mutaxassisga yozgi transferlar davrida yangi futbolchi sotib olish uchun 50 mln funt ajratilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar