
"Arsenal" futbolchisi "Milan"ning yozdagi asosiy transfer nishoniga aylandi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Jek Uilsher faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Sky Sports’ning xabar berishicha 24 yoshli angliyalik futbolchiga "Milan" klubi qiziqib qolgan. Ta’kidlash lozimki Uilsherning “kanonirlar” bilan amaldagi kelishuvi yozda o‘z nihoyasiga etadi va futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin. Shunday ekan “rossonerilar” iqtidorli futbolchini tekinga o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatiga ega.
Ma’lumot uchun, Uilsher joriy mavsum “Arsenal” safida jami 29ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar