
Arrisabalaga "Atletik"ni "Atletiko"ga almashtirishi mumkin
Madridning “Atletiko” klubi rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Yan Oblak bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti va shu bois “matraschilar” unga xaridor bo‘layotgan jamoalarning takliflarini ko‘rib chiqishmoqchi. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, shartnomasida tovon puli 100 mln evro etib belgilab qo‘yilgan 25 yoshli sloveniyalik posbonga ayni dadma “Arsenal” hamda “Liverpul” jamoalari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
O‘z navbatida “Atletiko” Oblakni 100 millionga sotib, o‘rniga 70 mln evroga Bilbaoning "Atletik" klubi posboni Kepa Arrisabalagani sotib olmoqchi.
Fikrlar