
Anjelik Kerber o‘ziga yangi murabbiy topdi
Xabaringiz bor Xotin-qizlar uyushmasi – WTA tomonidan joriy yili o‘tkaziladigan bir qator nufuzli turnirlar yakunlanib, ko‘plab tennischi qizlar kelgusi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Ulardan biri germaniyalik tennischi Anjelik Kerber yangi mavsumda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun o‘ziga yangi murabbiy topdi. U endi hamyurti Rayner Shyuttler bilan birga ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kerber joriy yilning oktyabr oyida 2017 ning noyabr oyidan beri ishlab kelgan Vim Fisset bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi.
Fikrlar