
Angliya Liga kubogi. "Berton"ni enggan "Manchester Siti" finalga chiqdi
Musobaqaning amaldagi g‘olibi - "Manchester Siti" safarda quyi liga jamoasi "Berton"ga qarshi bahs olib bordi. "Pirelli" stadionida kechgan uchrashuvda "shaharliklar" minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi va ikki bellashuv natijasiga ko‘ra, 9:0 hisobidagi ustunlik bilan finalga chiqishdi.
Ularning finaldagi raqibi esa bugun bo‘lib o‘tadigan "Chelsi" - "Tottenxem" bahsida aniqlanadi.
Fikrlar