
Angliya JCh-2030 mezbonligi uchun ariza topshiradi
Angliya futbol assotsiatsiyasi 2030 yilgi jahon chempionati musobaqasini o‘tkazish uchun ariza tayyorlamoqda. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Angliya o‘z tarixida faqat bir marta jahon chempionatiga mezbonlik qilgan. Inglizlar aynan o‘z uylarida o‘tkazilgan JCh-1966 da g‘olib chiqishgan va bu hozircha Angliya futboli tarixida eng katta yutuq sifatida qolmoqda.
Fikrlar