
"Andijon" Qirg‘iziston terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib oldi
"Andijon" klubi yana bir futbolchini o‘z safiga qo‘shib olganligini e’lon qildi. BAA yashil maydonlarida o‘tgan Osiyo kubogida Qirg‘iziston terma jamoasi safida to‘p tepgan Ahlidin Isroilov «Andijon» jamoasi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni Indoneziyaning "PSIS Semarang" klubi safida o‘tkazgan edi. Bundan tashqari Isroilov Qirg‘iziston terma jamoasining Osiyo kubogidagi dastlabki golini kiritgan edi.
Fikrlar