Ana xolos! Yozda PFLda "qor yog‘ib", reglamentni "sovuq uribdi"

  • 7 avgust, 2018, 23:55
  • Azamat Umarov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ammo sport printsiplariga zid ravishda 16talikning so‘nggi mavsumini 7-o‘rinda tugatgan "Mash’al"ning "to‘rvasi"ni qo‘liga berib Pro Ligaga "badarg‘a qilinishi" bu yil nimadir bo‘lishiga birinchi ishora bo‘lgan edi. 

Tecno

Hozir "Mash’al"ni eslab aza tutib o‘tirmoqchi emasman aksincha PFLning "Bloknot"ga aylangan reglamentidagi navbatdagi o‘zgarishga o‘z munosabatimni bildirib o‘tishni joiz deb bildim.

Avvaliga, yangi nom, keyin yangi "format", undan keyin yangi "format"da yangilik... Oltiga olti va yana bir nimalar o‘ylab topildi, "Oltin ochko" tizimi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 3-davrada Superligada ikkiga ajralish bo‘lishi va yuqori oltilikdagi jamoalarning jon saqlovchilar guruhidagi klublarga qarshi o‘yinlardagi, shunga mos ravishda quyi oltilikdagilarning chempionlik uchun kurashuvchilar bilan o‘zaro o‘yinidagi ochkolari ham nolga tenglanishi kerak edi, Ammo, kuni kecha Twitter'da 21-tur arafasida PFL tomonidan ishlab chiqilgan reglamentni "sovuq urganligi" to‘g‘risidagi dalilga asoslangan xabarlar tarqalib ketdi.

Unda PFL bosh direktori Omon G‘ofurov nomidan klublar rahbarlariga yozilgan hamda PFL rahbari imzosi qo‘yilgan, reglamentni o‘zgartirish to‘g‘risidagi xat bitilgan edi. Xatda shunday deyiladi:

-Mavsum boshida sharoitdan kelib chiqib, 2018-yilgi chempionatimiz tartib-qoidalarini belgiladik. Unga ko‘ra, xalqaro talablarga javob berish nuqtai-nazaridan kelib chiqib, Superliga jamoalarini aniqlab oldik va ikki bosqichli musobaqa tartibini ishlab chiqdik.

Jamoalarning deyarli bari mavsum boshidan kuchli oltilikka intilib keldi, chempionatda belgilangan "oltin ochko" qoidasi qaysidir ma’noda kelishilgan o‘yinlarning vujudga kelishi avj olmoqda, bu esa klublarning keyingi faolitiga ta’sir ko‘rsatishi hamda chempionatning saviyasiga ta’sir ko‘rsatishi aniq.

Shundan kelib chiqib, Superliga jadvali reglamentda belgilangan punktlarga asoslanib jadval o‘zgartirilishi, ya’ni, "Oltin ochko" qoidasi olib tashlanishi borasida taklif va fikrlaringizni joriy yilning 7 avgust soat 11:00 gacha kechiktirmasdan PFL elektron pochtasiga yuborishingizni so‘raymiz.

photo_2018-08-07_02-29-12

Endi savol tug‘iladi: Nega PFL "Oltin ochko" qoidasini kiritayotganda bu kabi holatlarga e’tibor qilmadi? Axir barchamiz o‘zbek futbolida kelishilgan o‘yinlar ko‘p uchrab turishini bilganmiz-ku. Nega aynan bo‘linishga ikki tur qolganida reglamentga o‘zgartirish kiritgilari kelib qoldi? 

Avvliga, klublar rahbarlarini maoshiga aralashish, keyin reglamentni o‘zgartirish... 

O‘tgan haftada saytimiz tomonidan haftalik berib boriladigan "Sports.uz Haftasi" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘lgan, PFL bosh direktori o‘rinbosari - Diyor Imomxo‘jaev reglament borasida umuman boshqacha gapirgan edi:

- Nega endi chempionlik uchun kurashmaydigan jamoalar kuchlilar orasiga kirib intrigani sindirishlari kerak, bemaqsad jamoa nima qiladi, "o‘yinni beradi" ... mazmunidagi fikrlarni bildirib o‘tgan edi (Video):



Buyog‘iga PFLning javobini kutamiz, xulosa qilish esa o‘zingizdan.

Azamat UMAROV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sports.uz tahririyati
07/08/2018 03:14
Biz bilgqndik, biz ishongandik