Ana xolos! Ro‘ziqul Berdiev iste’foga chiqishga tayyor, agar...

  • 30 avgust, 2018, 10:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” klubining muammolar girdobida qolganidan xabaringiz bor. Shu sababli ham qarshiliklar birinchi bosqichdan keyin kuchli oltilikka kira olishmadi. Jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev esa bir qator etakchilarning ketganiga qaramay, vaziyatni o‘nglashga harakat qilyapti. Aslida uni yaxshi saviyali mutaxassis ekanligiga shubha yo‘q. Bunga erishgan natijalari orqali ham amin bo‘lish mumkin. 2011 yili OFK Kubogi qo‘lga kiritilganida u yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.

Tecno

Bosh murabbiy sifatida esa chempionatimizda 4 ta bronza va 1 ta kumush medal qo‘lga kiritildi. Shuningdek, yana bir martadan O‘zbekiston Kubogi va Superkubogida ham zafar quchdi. 4 marta esa O‘zbekiston Kubogi finalchisi bo‘ldi. 3 marta O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan Berdiev 5 marta Osiyo Chempionlar ligasida “Nasaf” bosh murabbiyi sifatida ishtirok etdi. Shu bilan birga u o‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, unvoni bilan taqdirlangan. Xullas, barcha muxlislarning mehrini qozona olgan mutaxassis endilikda o‘z jamoasi bilan o‘ta mushkul ahvolga tushib qolgan. Berdievning so‘zlariga ko‘ra agar uning iste’fosi "Nasaf"ga yordam bersa, u bu ishni qilishga tayyor.

SPORTS.uz muhbirining Ro‘ziqul Berdiev bilan uyushtirgan qiziqarli suhbatini ertaga saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin. Biz bilan qoling!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!