
Ana xolos! "Bavariya" bosh murabbiylikka Mourinoni taklif qilmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi yaqindagina "Manchester Yunayted"dan iste’foga chiqqan Joze Mourinoning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi.
Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi rahbariyati jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Niko Kovachga ishonmayapti va mavsum yakunlangach uning o‘rniga birorta tajribaliroq mutaxassisni jalb etmoqchi. 47 yoshli xorvatiyalik murabbiyning o‘rnini esa aynan Mourino egallashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mavsum yakunlangach “Bavariya”ni Aren Robben, Frank Riberi, Jerom Boateng, Mats Xummels, David Alaba, Tomas Myuller va Robert Levandovski kabi etakchilar tark etishi aytilmoqda.
Fikrlar