Allegri "Yuventus"ning asosiy raqobatchisi kimligini ma’lum qildi
“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “Napoli”ni Turin jamoasining birinchi raqamli raqibi deya e’tirof etdi. Uning fikricha, neapolliklarga qarshi o‘yin og‘ir kechadi.
– Kuchli raqiblarga qarshi o‘yin og‘ir kechadi, – deya Allegrining so‘zlarini keltiradi Football Italia nashri. – Anchelotti hotirjam, u jamoasiga ham shuni bermoqda. “Napoli” – “Yuventus”ning eng ashaddiy va birinchi raqiblaridan. Bu asosiy raqobatchilardir, ammo oldinda yana ko‘plab g‘alabalar bor.
“Napoli” va “Yuventus” uchrashuvi “A” seriya 7-tur doirasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 29 sentyabr kuni Turinda tashkil etiladi.



Fikrlar