
"Al-Nassr" - AGMK. Jamoalar ertaga qanday libosda o‘ynashadi?
Bugun har ikki klub vakillari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalarning bo‘lajak bellashuvda qaysi rangdagi liboslarda o‘ynashiga o‘zaro kelishib olindi.
Unga ko‘ra, saudiyaliklar ertaga sariq-ko‘k, Mirjalol Qosimov shogirdlari esa oq rangdagi liboslarda to‘p tepadigan bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Nassr" - AGMK qarama-qarshiligi 19 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi va saytimiz orqali onlayn matnli translyatsiya qilinadi.
Fikrlar