APL klublari so‘nggi 7 yilda ilk bor qishki transferlar uchun kamroq mablag‘ sarflashdi

  • 1 fevral, 2019, 17:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi klublari joriy qishki transferlar davrida yangi futbolchilar xarid qilish uchun jami 180 mln funt sarflashdi.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra APL klublari 2012 yildan buyon ilk bor davralar oralig‘idagi xaridlar uchun bu qadar kam mablag‘ sarflashdi.

Ta’kidlash kerakki, premer-liga jamoalari bundan bir yil muqaddam qishki transferlar uchun 430 million funt sarflashgan edi.

Qishki transferlarda eng qimmat xaridni amalga oshirgan APL klubi bu “Chelsi” bo‘ldi. “Aristokratlar” Kristian Pulishichni qo‘lga kiritishlari uchun “Borussiya” Dortmundga 55 million funt to‘lashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!