
A Seriya. "Napoli" o‘z maydonida "Empoli"ni yanchib tashladi
Kecha Italiya A Seriyasining 11-tur o‘yinlariga start berildi.
Jumladan, shu kuni “Napoli” o‘z maydonida “Empoli”ni qabul qildi va yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Napoli" - "Empoli" 5:1
Gollar: Insine, 9 - 1:0, Mertens, 38 - 2:0, Kaputo, 58 - 2:1, Mertens, 64 - 3:1, Milik, 90 - 4:1, Mertens, 90 - 5:1
"Napoli": Karnezis, Maksimovich, Xyusay, Malkyui, Kulibali, Diavara, Rog (Allan, 63), Zelinski (Milik, 83), Fabian Ruis (Kalexon, 63), Insine, Mertens.
"Empoli": Provedel, Silvestre, Antonelli, Di Lorentso, Mayetta, Akkua (Zayts, 67), Bennaser, Krunich (Paskual, 68), Traore, Uchan (la Gumina, 79), Kaputo.
Ogohlantirishlar: Bennaser (42), Di Lorentso (86).
Fikrlar