
A Seriya. “Inter” mavsumda ilk bor mag‘lub bo‘ldi
Hozirgina Italiya A Seriyasi 17-turidan o‘rin olgan “Inter” hamda “Udineze” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu o‘yinda “neradzurrilar” o‘z maydonida 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Qayd etish joiz, bu Luchano Spaletti jamoasining mavsumdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.
Italiya A Seriyasi. 17-tur
Inter – Udineze 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 14 Lazanya, 1:1 – 15 Ikardi, 1:2 – 61, penalti de Paul, 1:3 – 77 Barak.
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, Santon (Karamo, 69), D`Ambrozio, Miranda, Vesino (Eder, 78), Valero, Brozovich (Galyardini, 54), Kandreva, Perishich, Ikardi.
Udineze – Bissarri, Larangeyra, Nyuytink, Adnan, Larsen, de Paul (Xadlvredsson, 88), Barak, Fofana (Bexrami, 74), Yankto, Vidmer, Lazanya (Peritsa, 78).
Ogohlantirishlar: Adnan (28), Nyuytink (43), Fofana (66), Vesino (73), Vidmer (74).
Fikrlar