
A Seriya. “Inter” ketma-ket ettinchi bahsda g‘alaba qozona olmadi
Hozirgina Italiya A Seriyasi 22-turidan o‘rin olgan SPAL hamda “Inter” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
“Paolo” Matstsa” stadionida kechgan qarama-qarshilikning 48-daqiqasida Franchesko Vikari o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘yishi natijasida “neradzurrilar” hisobda olding olib chiqib olishgan edi.
Biroq ular g‘alabani ushlab qola bilishmadi. O‘yin so‘nggida Alberto Paloski to‘p kiritib, muvozanatni tikladi.
Qayd etish joiz, Luchano Spaletti shogirdlari 3 dekabr sanasidan buyon g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Bu orada milanliklar 7 o‘yinda ishtirok etishdi.
Italiya A Seriyasi. 22-tur
SPAL – Inter 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 48, avtogol Vikari, 1:1 – 90 Paloski.
SPAL – Meret, Vikari (Bonatstsoli, 86), Felipe, Mattello (Kosta, 83), Chonek, Grassi, Ladzari, Kurtich, Skyattarella (Paloski, 75), Viviani, Antenuchchi.
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, D`Ambrozio, Joau Kanselu, Miranda, Vesino, Valero (Rafinya, 90), Brozovich (Galyardini, 87), Kandreva (Eder, 46), Perishich, Ikardi.
Ogohlantirish: Paloski (90).
Fikrlar