
A Seriya. “Inter” etakchiga aylanib oldi
Hozirgina Italiya A Seriyasining 10-turidan o‘rin olgan “Inter” hamda “Sampdoriya” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Unda “neradzurrilar” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z ochkolari sonini 26 taga etkazib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
To‘g‘ri, Luchano Spaletti jamoasi qolgan raqobatchilaridan bir o‘yin ko‘p o‘tkazganligini ta`kidlash joiz.
Italiya A Seriyasi. 10-tur
Inter – Sampdoriya 3:2 (2:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 18 Shkrinyar, 2:0 – 32 Ikardi, 3:0 – 54 Ikardi, 3:1 – 64 Kovnatski, 3:2 – 85 Kualyarella.
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, Nagatomo (Santon, 84), D`Ambrozio, Miranda, Vesino (Joau Mariu, 74), Galyardini, Valero, Kandreva, Perishich, Ikardi (Eder, 87).
Sampdoriya – Pudjoni, Silvestre, Murru, Bereshinski, Ferrari, Prat, Torreyra, Ramires (Kaprari, 46), Barreto (Linetti, 66), Sapata (Kovnatski, 57), Kualyarella.
Ogohlantirishlar: Murru (61), Kualyarella (85), Galyardini (88), Eder (90).
Fikrlar