7 ta gol urilgan o‘yinda "Chelsi" sharmandali mag‘lubiyatni qabul qilib oldi (video)

  • 3 aprel, 2021, 20:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining 30-turida “Chelsi” o‘z maydonida “Vest Bromvich”ni qabul qildi.

Tecno

Londondagi “Stemford Brij” o‘yingohida kechgan uchrashuv gollar shousiga aylanib ketdi. Ammo yakunda 2:5 hisobida “aristokratlar” mag‘lub bo‘ldi. E’tiborlisi, bu Tomas Tuxel boshqaruvidagi “Chelsi”ning ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

Shu kuni “Vest Bromvich” safida gollarni Matey Pereyra (45', 45') ,Kallum Robinson (63', 90') va Mbaye Diane (68') kiritgan bo‘lsa, “Chelsi”ning ikki goliga Kristian Pulishich (27') va Meyson Maunt (71') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!