
5 ta gol urilgan bahsda "Bavariya" qiyin g‘alabaga erishdi
Germaniya Bundesligasining 23-turidan o‘rin olgan "Bavariya" va "Paderborn" qarama-qarshilibi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, myunxenliklar 3:2 hisobida zafar quchishdi.
Mezbonlar hujumchisi Robert Levandovski dubl qayd etgan bo‘lsa, Serj Gnabri bitta golga mualliflik qildi. Dennis Shrbeni va Sven Mishel tomonidan kiritilgan gollar "Paderborn"ga ochko ishlash uchun etarli bo‘lmadi.
Fikrlar