
Kun yangiligi! 36 yoshli Robben yana katta futbolga qaytishi mumkin
Gollandiyalik futbol yulduzi Aren Robben yana katta futbolga qaytishi mumkin. Bu haqda VTBL nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 36 yoshli hujumkor yarim himoyachining xizmatiga Braziliyaning "Botafogo" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Aytish kerakki, ushbu jamoada yaponiyalik mashhur futbolchi Keysuke Xonda ham to‘p surmoqda.
"Botafogo" klubi vitse-prezidenti allaqachon Robben bilan bog‘langan va u bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Arenni yana futbolga qaytarish oson bo‘lmaydi, ammo klub unga yaxshigina maosh taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tish kerakki, Robben 2018/19 yilgi mavsum so‘nggida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgan edi.
Fikrlar