3 yoshli hindistonlik bolakay FIDE reytingini olgan eng yosh shaxmatchi bo‘ldi!

  • 3 dekabr, 19:56
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shaxmat olamida muhim voqea yuz berdi. Madhya-Pradesh shtatining Sagar okrugidan bo‘lgan uch yoshli Sargavya Singh Kushvaha tarixga kirdi. U hozirgacha rasmiy FIDE reytingiga ega bo‘lgan eng yosh shaxmatchi bo‘ldi.

Tecno

Atigi 3 yosh, 7 oy va 20 kunligida Sargavya G‘arbiy Bengalilik Anish Sarkar tomonidan o‘rnatilgan avvalgi rekordni yangiladi va 1572 ochko bilan xalqaro shaxmatchilar reytingiga kirdi.

Sargavyaning ota-onasi Siddhart Singh Kushvaha va Nexa uni dastlab ekran qarshisida o‘tkazadigan vaqtini qisqartirish uchun shaxmat bilan tanishtirgan, biroq oradan ko‘p o‘tmay ularning farzandi o‘yinni nihoyatda chuqur tushunishga ega ekani ayon bo‘lgan. Atigi olti oy ichida Sargavya tajribali shaxmatchilarni mag‘lub eta boshladi.

3 yoshli bolakay Bxopal, Mangalur va boshqa shaharlardagi musobaqalarda reytingga ega uch nafar shaxmatchini engishga muvaffaq bo‘ldi.Sargavyaning otasi Siddhart faxr bilan shunday dedi:

“Biz uning shaxmatda yorqin kelajagi borligini ko‘ryapmiz. Uni grossmeyster bo‘lishini istaymiz.”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!