
28 yoshli bokschi ringda olgan jarohatlari tufayli vafot etdi
1 fevral kuni Angliyada professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi, uning asosiy jangida irlandiyalik Jon Kuni britaniyalik Natan Xouellsga qarshi Britaniya chempioni unvoni uchun jang qildi va to‘qqizinchi raundda texnik nokautga uchradi.
Bahsdan so‘ng darhol Kuni mahalliy kasalxonaga yotqizilgan, u erda miyasidagi qon bosimini yo‘qotish uchun operatsiya qilingan, so‘ngra bir hafta reanimatsiyada yotib, vafot etgan. Bu haqda "Thesun" portali xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Kuni bunga qadar 11 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongandi. Xouellsdan uchralgan mag‘lubiyat uning faoliyatidagi birinchi va oxirgisi bo‘ldi.
Fikrlar