
25-29 mart kunlari baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi
25-29 mart kunlari Toshkent dengizida 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi maxsus sport maktablari va klublari, sportchi jamoalaridan shijoatli yosh eshkak eshuvchilar qatnashadilar. Respublika chempionati doirasida sportchilar baydarkada K-1, K-2, K-4, kanoeda S-1, S-2, S-4 qayiqlarda 200, 500, 1000 metr masofalarga yakkalik, juftlik va to‘rt kishilik ekipajlarda kuch sinashishadi.
Mazkur turnir yoshlar terma jamoasini shakllantirish va ularni bo‘lajak qit’a va jahon chempionatlariga saralab olish bilan ahamiyatli.
Fikrlar