
14:0! Frantsiya Gibraltarga qarshi bahsda xohlaganini qildi
"Evro-2024" saralash bosqichidan o‘rin olgan Frantsiya - Gibraltar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda frantsuzlar 14:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yinda Mbappe xet-trik, Koman va Jiru dubl qilgan bo‘lsa, Tyuram, Zair-Emeri, Kloss, Fofana, Rabo va Dembelelar o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Santos o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Fikrlar