
14 nafar futbolchisi safdan chiqqan "Monako" bugungi bahsni qanday tarkibda boshlaydi?
Avval xabar berganimizdek "Monako" klubi bugun Frantsiya chempionatining 16-turida "Amen"ga qarshi bahs oldidan juda katta kadrlar muammosiga duch keldi.
Get French Football News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra monakoliklar ustozi Terri Anri bugun naqd 14 nafar futbolchining xizmatidan foydalana olmaydi. Daniel Subashich, Almam Ture, Jan-Ed Alou, Jibril Sidibe, Kevin N’Doram, Robert Navarro, Jordi Mbula, Villem Gebbels, Samyuel Gransir, Roni Lopesh, Stevan Yovetich, Adam Traor, Petro Pellegri va Aleksandr Golovinlar shular jumlasidandir.
Anri o‘z ixtiyoridagi futbolchilardan kelib chiqib bugungi bahsga quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibda tushirdi:
"Amen" – "Monako"
4 dekabr, 23:00, «Likorn»
"Amen" – Gyurtner, Adenon, Guano, Dibassi, Kraft, Blen, Nyaore, Ganso, Monkondyui, Mendosa, Otero.
"Monako" – Benalo, Radji, Glik, Per-Gabriel, Xenrixs, Pele, Tilemans, Ait-Bennasser, Shadli, Badiashile, Falkao.
Fikrlar