
13 yoshida grossmeyster bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov
Joriy yilning 20-29 oktyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida an’anaviy "Chegorin memoriali-2017" Xalqaro shaxmat festivali bo‘lib o‘tdi. Musobaqada o‘ziga xos mahoratini namoyish eta olgan Nodirbek Abdusattorov Xalqaro grossmeyster unvonining uchinchi talabini bajardi.
Nodirbek o‘tgan yili mazkur turnirda grossmeyster unvonining birinchi talabini bajargan bo‘lsa, ikkinchi talabini shu yilning avgust oyida Abu-Dabida o‘tkazilgan shaxmat festivalida uddalagan edi.
Fikrlar