Jarohat olgan hakam tribunada o‘tirgan muxlisga almashtirildi!

  • 4 may, 2023, 10:02
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolda kamdan-kam bo‘ladigan hodisa sodir bo‘ldi. O‘tgan dam olish kunlarida 3-Bundesliga o‘yinlari o‘tkazildi. “Veen” va “Meppen” qarama-qarshiligi chog‘ida qanot hakami og‘ir jarohat oldi. Natijada, u o‘yinni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bahsni davom ettirish uchun Germaniya futbol qoidalariga ko‘ra, litsenziyaga ega hakam bo‘lishi shart. Eng qizig‘i, o‘sha kuni tribunada o‘yinni mana shunday referi tomosha qilayotgan edi.

Tecno

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida qanot hakami Marius Shlyuve qo‘rqinchli jarohat oldi. U oyoqlari qay darajada qayrilib ketganini ushbu suratda o‘zingiz ham ko‘rishingiz mumkin. Shu bois, voqeani izohsiz qoldiraman.

hakam jarohat

hakam jarohat 2

O‘z-o‘zidan qahramonimiz o‘yinni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi. Shifokorlar uni zambilda maydondan olib chiqib ketishdi.

Hakamni olib chiqib ketishmoqda

Hakam yordamchisini almashtirishning imkoni yo‘q edi. Sababi, Bundesliganing bu qismida o‘yinlar zaxira hakamlarisiz o‘tkaziladi. Qoidaga ko‘ra, bahs mana shu erda to‘xtatilishi lozim edi. Bu esa o‘yinni tomosha qilgani kelgan muxlislarga yoqmasligi aniq. Natijada, maydon suxandoni stadionga o‘rnatilgan “karnaylar” yordamida ishqibozlar orasida litsenziyaga ega hakam borligi bilan qiziqdi.

orniga boshqasi tayyorlanvoti

Aslida, bunday vaziyatda kerakli inson kerakli joyda bo‘lmasligini ehtimoli yuqori, ammo o‘sha oqshom Yannis Yashke bahs tomosha qilish uchun o‘yinga kelgan edi. Bunga qadar bolalar va havaskorlar futbolida referi sifatida ishlagan yosh yigit o‘z xizmatlarini taklif etdi.

yangi hakam tushvoti

moshna

Uchrashuv bosh hakami unga kerakli ko‘rsatmalarni bergach, tribunadagi yigitga hakamlik libosi kiydirildi. Qarabsizki, bahs davom ettirildi. Qahramonimiz hayajonini berkita olmaganiga qaramay, o‘yinning qolgan qismida a’lo darajada ishladi.

raqib kamanda yutdi

Yakunda, turnir jadvalida eng oxirgi o‘rnida ketayotgan “Meppen” musobaqada etakchilik qilayotgan “Veen” ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!