
Alison van Uytvank Luganoda zafar quchdi
Belgiyalik tennischi Alison van Uytvank Lugano shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasida zafar quchdi.
U mazkur turnirda ilk uchrashuvini chexiyalik Tereza Shmitkovaga qarshi kortga chiqib, raqibini 6:2, 0:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
ShU tariqa "Samsung Open" musobaqasining ikkinchi davrasida Van Uytvank frantsiyalik Fiona Ferro, yoki lyuksemburglik Mendi Minellaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar