Yasmina Karimjonova "NBU CUP"ning ikkinchi davrasida

  • 31 iyul, 2018, 10:50
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Umidli tennischilarimizda bo‘lgan Valentina Shleyn va Yasmina Karimjonova Toshkentda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "NBU CUP" musobaqasini g‘alaba bilan boshladi.

Turnirda Valentina qozog‘istonlik Mariya Sinitsinani 4:6, 6:4, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Yasmina Karimjonova yana bir qozog‘istonlik Kamila Shailinani 6:3, 6:4 hisobida taslim qildi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda sportchilarimizdan Timur Sottimov va Aziz Dadaboev ham ilk bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!