"UFC" jangchisi Poliana Vianaga talonchi yigit tashlandi

CHERY AUTO

Braziliyalik "UFC" jangchisi Poliana Vianaga Rio-de-Janeyro shahrida  talonchi yigit tashlandi.

Tecno

Bu haqda "UFC" direktori Deyna Uayt o‘zining instagramm ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi. Deynaning so‘zlariga ko‘ra, Poliana Rio ko‘chalarining birida taksi kutayotgan bo‘lgan. O‘sha vaqtda sportchi qizga notanish yigit tashlangan va uning qo‘l telefonini berishini, talonchining aytganini qilmasa unga to‘pponcha bilan shikast etkazishini aytgan.

Viana ushbu holatdan o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan va talonchiga bir necha bor kuchli zarbalar yo‘llagan. Bu zarbalardan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan yigit erga qulaganidan so‘ng og‘riq beruvchi usul bilan politsiya kelgunicha ushlab turgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!