
Gvardiola: Husanovni kutmang!
Angliya Premer-ligasining beshta uchrashuvida etti ochko jamg‘argan “Manchester Siti” navbatdagi bahsni “Etixad” stadionida “Byornli” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mavsum boshidan beri Xosep Gvardiola tarkib tanlashda jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Jamoaning bir necha futbolchilari jarohat tufayli safdan chiqqan.
“Arsenal” maydonida o‘tgan avvalgi tur uchrashuvida Abduqodir Husanov, Erling Xoland va Niko O’Rayli shikastlangani uchun o‘yinni oxirigacha davom ettira olmagan edi. Ular orasida legionerimizning jarohati jiddiyroq bo‘lib chiqdi va bir necha kun davolanishiga to‘g‘ri keladi.
Xosep Gvardiola “Byornli”ga qarshi uchrashuv oldidan klubdagi vaziyat haqida to‘xtalib, bo‘ladak bahsda asosiy tarkibning to‘rt nafar futbolchisi jamoaga yordam bera olmasligini ma’lum qildi.
- Erling Xoland bo‘lajak o‘yinga tayyor. Rayan Ayt-Nuri va Rayan Sherki esa, yo‘q. Umar Marmush va Abduqodir Husanov ham “Byornli”ga qarshi maydonga tushishga tayyor emas.
Mateo Kovachichda o‘ynash imkoni bor. Uning qaytishi katta yordam bo‘lardi. Biroq u uo‘oq muddat o‘ynamagan, boshidan operatsiyani o‘tkazdi. Hozircha, maydonga tushishga tayyorlanyapti. Birdaniga o‘ynab keta olmaydi, albatta, - dedi Xosep Gvardiola.
Xosep Gvardiola tilga olgan bu futbolchilarning birortasi Angliya liga kubogi doirasida “Xaddersfild” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok eta olmadi.
“Manchester Siti” faoliyatini yoritib borayotgan qator manbalar ekspertlari “shaharliklar”ning jarohatlangan futbolchilari ahvolidan xabar olib turibdi.
Xususan, mancitynews.com sayti eksperti Devid Tallining bu borada bergan ma’lumotlari o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Manbaga ko‘ra, lazaretga tushganlar orasidan birinchi bo‘lib, Erling Xoland safga qaytishi va “Byornli” bilan bo‘ladigan o‘yinda ishtirok etish imkoni borligi aytilgandi. Mana endi Xosep Gvardiola norvegiyalik to‘purarni maydonga tushirishga tayyorligini bildirdi.
Devid Tallining yozishicha, Abduqodir Husanov va Umar Marmush 5 oktyabr kuni “Brentford”ga bo‘ladigan safar uchrashuvida jamoaga yordam berishi kutilmoqda. Rayan Ayt-Nuri maydonga xalqaro tanaffusdan keyin – 18 oktyabrda “Everton” bilan bo‘ladigan uy uchrashuvida ishtirok etishi mumkin. Rayan Sherkining jarohati biroz jiddiyligini avvaldan ma’lum edi. Yozda xarid qilingan frantsiyalik hujumkor futbolchi oktyabr oyini ham maydondan tashqarida o‘tkazadi va 2 noyabr kuni “Bornmut”ga qarshi bahsda tarkibdan joy olishi mumkin. Mateo Kovachich va Kelvin Fillips esa, jarohatini operatsiya qildirib, mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan, murabbiylar shtabi ular sport formasini to‘liq tiklab olganidan keyin tarkibga kirita boshlaydi.
“Manchester Siti” va “Byornli” o‘rtasidagi Angliya Premer-ligasi oltinchi tur uchrashuvi 27 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
“Qoya”, “Jangchi” yoki “Afsungar”: Husanovning Angliyada yana qanday laqablari bor?
Fanatlar talabi: Husanovni “Barsa”ga olib keling!
Husanov qachon maydonga qaytishining aniq sanasi e’lon qilindi!
Fanatlar Husanovdan mo‘’jiza kutyapti!
Fikrlar