Karter Xart 20 yoshida tarixga kirdi

  • 1 fevral, 2019, 11:24
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Hokkey bo‘yicha MXL musobaqasida ishtirok etayotgan "Filadelfiya" jamoasi darvozabon Karter Xart sharofati bilan "Boston" ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

Kanadalik 20-yoshli ushbu davrozabon darvoza tomon yo‘naltirilgan 25 zarbadan 23 tasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi va jamoaning qatorasiga 5-g‘alabasini ta’minladi. 

Shu tariqa Karter MHL tarixida 20 yoshida qatorasiga beshta g‘alabani qo‘lga kiritgan darvozabon sifatida tarixdan joy oldi.

Bunga qadar bu kabi natijani Terri Savchuk (1949/50, 6 o‘yin), Tom Barrasso (1983/84, 6 o‘yin; 1984/85, 6 va 7 o‘yin), Joslen Tibo (1994/95, 8 o‘yin) i Keri Prays (2007/08, 7 o‘yin) qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!