“Chelsi” Lempardni haydaydi. O‘rniga nomzod tayyor

  • 28 dekabr, 2020, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ashaddiy raqibi “Arsenal”dan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchraganidan keyin  “Chelsi” bosh murabbiy Frenk Lempardning kursisi qimirlab qoldi.

Tecno

Klub rahbariyati yozgi transferlar mavsumida 220 million funt evaziga Lempard so‘ragan barcha futbolchilarni olib kelganiga qaramay, jamoa mavsumda muvaffaqiyatga erisha olmayapti. “Chelsi” ayni paytda 15 ta uchrashuvda 25 ochko jamg‘arib, sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Bu natija rahbariyatni ham, muxlislarni ham qoniqtirmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” futbolchilar  “Aston Villa” bilan bo‘ladigan navbatdagi o‘yinda ochko yo‘qotsa, Lempard ishdan ketadi. Roman Abramovich uning o‘rniga PSJdan iste’foga chiqarilgan Tomas Tuxelni olib kelishni rejalashtirmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!