Zlatan MYuga kelsa "cho‘qintirgan ota"ga aylanishi mumkin

  • 2 noyabr, 2019, 13:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" sobiq xavbeki Pol Ins Zlatan Ibragimovichni MYuga qaytishi haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

"Ibragimovich, Ispaniyaga qaytishi haqida xabarlar chiqdi, keyin MLSda qoldi, undan so‘ng "Pert Glori"ga yo‘l oldi.

Ammo u va klub uchun eng yaxshi taklif MYuga qaytish bo‘ladi. Hozir mankunianliklar tarkibida maydonda va undan tashqarida lider kerak.

Zlatan esa haqiqiy lider, uning qaytishi MYu yoshlari uchun katta plyus bo‘lgan bo‘ladi. Undan maydonda qanday shiddat bilan o‘ynash kerakligini o‘rganish mumkin. U MYu futbolchilari uchun "cho‘qintirgan ota"ga aylanishi mumkin.

Ibragimovich 90 daqiqa o‘ynay olmasligi mumkin, ammo u 10-15 daqiqa maydonda to‘p suradigan bo‘lganda ham, shu vaqtlar ichida darvozaga yo‘l topishi mumkin," - deydi Ins.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!