
Zlatan Ibragimovich o‘zini Tarantinoga qiyosladi
Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich o‘zini amerikalik kinorejissyor Kventin Tarantinoga qiyosladi.
"Tarantino - kino, men esa futbol tariximan. U kinoni sevgan, men esa futbolni. Unda kinoga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bor. U daho va tentakroq. U o‘z ishini sevadi va buni barchaga ko‘rsatishni xohlaydi. Tarantino menga Muhammad Alini esalatadi. Men uning kinolarida ro‘l ijro etib, u filmda yomon yigit obrazida Dueyn Jonsnining yuziga boplab tushirgan bo‘lar edim. Men uni muammosiz yiqitaman", - deydi Ibragimovich.
Fikrlar