
Zidanning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan yagona nomzod nomi oshkor bo‘ldi
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z lavozimidan ozod etilishi ehtimoli katta.
“Qirollik klubi” rahbariyati frantsiyalik mutaxassis ketadigan bo‘lsa, uning o‘rnini jamoaning sobiq yulduzi Raul Gonsales egallashi kerakligiga ishonmoqda. Madridliklar kutgan mutaxassislardan Maurisio Pochettino yaqinda PSJni qabul qilib oldi, Joze Mourino esa “Tottenxem”ni tark etishni istamadi.
Raul 2019 yildan beri “Real”ning ikkinchisi jamoasini boshqarmoqda. Ayni paytda koronavirusdan davolanmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha tuzilgan. Shunday bo‘lsa-da, Zidanning klubdagi taqdiri yozda hal bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar