
Zidanni yangi lavozimda kutishmoqda
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan yozda klubdan ketishi mumkinligi aytilmoqda. Shuningdek, Frantsiya terma jamoasini boshqarayotgan Dide Desham ham uning o‘rnini aynan Zinedin Zidan egallashini kutayotganini bildirdi.
- Men bu masala qayta-qayta o‘rganib chiqilishini bilaman. Zidan murabbiylikning barcha bosqichlaridan o‘tishi kerak. U doim terma jamoamizning muhim qismi bo‘lgan, - deydi Desham.
Zidan va Desham o‘z davrida Frantsiya terma jamoasida birga o‘ynagan. Ular jahon va Evropa chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar