"Zenit" sobiq bosh murabbiyi Chilini boshqarmoqchi

  • 4 yanvar, 2021, 15:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya bir qator klublari va "Zenit"ning sobiq bosh murabbiyi Luchano Spaletti Chili terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Tecno

Al Aire Libre nashri xabar qilishicha, Spaletti ushbu terma jamoada ishlashga qiziqish bildirmoqda. Tez orada, Chilining amaldagi murabbiyi Reynaldo Rueda ishdan bo‘shatilishi kutilyapti.

Italiyalik mutaxassis ispan tilini bilmasligi va o‘ta yuqori maosh talab qilishi mumkinligi vaziyatni qiyinlashtiradi.

61 yoshli murabbiyning so‘nggi jamoasi "Inter" bo‘lgan va u 2019 yilning may oyida o‘z lavozimidan ozod etilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!