
"Zenit" Cherishevni Rossiyaga qaytarmoqchi
“Valensiya” yarim himoyachisi Denis Cherishevning agenti Aleksey Safonov mijozining “Zenit”ga o‘tishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra piterliklar 28 yoshli rossiyalik futbolchini “ko‘rshapalaklar”dan 25 mln evroga sotib olishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Cherishev “Valensiya” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar