"Yuventus"ning sobiq futbolchisi: Bu sharmandali qaror

  • 22 yanvar, 2023, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi sobiq futbolchisi Alessio Takkinardi “keksa sinora”ning jazolanishi haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, moliyaviy firibgarlik uchun jamoa hisobidan 15 ochko olib tashlandi.

Tecno

“Bu “Yuventus”ga qarshi sharmandali qaror. Boshqa klublar ham kapital daromad olishadi, bu ham jinoyat va hech bo‘lmaganda tekshirilishi kerak. Adolat baribir qaror topadi. Men Anelli oilasi bilan yaxshi tanishman. Ular hamma narsaga mashaqqatli mehnat evaziga erishgan”, - dedi Alessio.

Aytish kerakki, 15 ochko olib tashlangach “keksa sinora” A Seriya turnir jadvalida 10-o‘ringa tushib ketdi va peshqadam “Napoli”dan 28 ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!