Alonso shokda: “Real”da katta yo‘qotish
Ispaniya chempionatining ettinchi turi markaziy uchrashuvi Madrid shahrida bo‘lib o‘tdi. Diego Simeone boshqaruvidagi “Atletiko” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Real”ni 5:2 hisobida taslim qildi.
Xabi Alonso shogirdlari ketma-ket oltita g‘alabadan keyin birinchi mag‘lubiyatini ham qabul qilib oldi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida “Real” sardori Dani Karvaxal jarohat olib, maydonni erta tark etdi.
The Athletic nashrining yozishicha, 33 yoshli himoyachi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Dani Karvaxalning o‘ng oyog‘ida jarohat borligi aytilmoqda.
Bu vaziyat Xabi Alonsoni o‘ylantirib qo‘ydi. Chunki avvalroq, yana bir o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold ham jarohat tufayli safdan chiqqan edi.
Ayni paytda Xabi Alonso ixtiyorida birorta o‘ng qanot himoyachisi qolmadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Trent va Dani safga qaytgunga qadar, ularning o‘rnida universal futbolchilardan hisoblangan Federiko Valverde o‘ynab turadi.



Fikrlar