
"Yuventus"ning 7 nafar futbolchisi bugun "Torino"ga qarshi o‘ynamaydi
"Yuventus" klubi bugun A Seriyaning 35-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Torino"ga qarshi bah oldidan kadrlar masalasida jiddiy mummolarga duch keldi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora”ning naqd 7 nafar futbolchisi jarohati sabab Turin derbisini o‘tkazib yuboradi.
Ayni damda “Yuve” lazaretida Mattia Perin, Aleks Sandro, Daniele Rugani, Sami Xedira, Paulo Dibala, Duglas Kosta va Mario Manjukichlar davolanishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" - "Torino" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.
Fikrlar