"Yuventus" Vlaxovich o‘rniga APLdan hujumchi topdi

  • 15 dekabr, 2024, 17:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiyaning "Yuventus" klubi bir necha kundan buyon Dushan Vlaxovichga o‘rinbosar qidirib yurgan edi. Asosiy da’vogarlar ro‘yxatida "Vest Xem" hujumchisi Fyullkrug etakchilik qilmoqda. 
 
Italiyaliklar Dushanning jismoniy holatidan xavotirda. Uning jarohatga moyilligi sabab yangi forvard sotib olishni maqsad qilib qo‘yishgan. Yozgi transferlar oynasida "Borussiya Dortmund"dan londonliklar safiga kelib, jarohatlar girdobidan chiqa olmayotgan Niklas eng yaxshi variant deb hisoblanmoqda.

Germaniyalik forvardning Angliya klubi bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘jallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 15 million evro deb baholandi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "arilar"ning sobiq futbolchisi bu mavsum 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 bora gol urdi. 24 yoshli hujumchi esa 19 ta o‘yinda harakat qilib, 11 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!