
"Yuventus" tajribali futbolchiga ega chiqmoqchi
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin. "Calciomercato" nashri xabariga ko‘ra, London klubi o‘z yarim himoyachisini joriy mavsum oxirida qo‘yib yuborishga tayyor. Qayd etilishicha, “Yuventus” agar futbolchi “Chelsi” bilan shartnomani uzaytirmasa, uni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Oldinroq “ko‘klar” futbolchining yoshi va doimiy jarohatlarini inobatga olib, Kante bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, "Barselona" ham frantsiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqalgandi.
Ma’lumot o‘rnida, 31 yoshli Kante joriy mavsumda Premer-ligada bor yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar