"Yuventus" Shesni bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 1 noyabr, 2019, 16:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klbi o‘zining asosiy darvozaboni Voytsex Shesni bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” 29 yoshli polshyalik posbonga 2024 yilga qadar tuzilgan shartnoma taklif qiladi. Agar ushbu kelishuv imzolansa, Shesnining maoshi yiliga 4,5 mln evroga etkaziladi.

Ma’lumot uchun, Shesni “Yuventus” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 71 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 51 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!