Mourinoga zo‘r klubdan ish chiqdi

  • 17 sentabr, 12:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasida “Fenerbahche”dan iste’foga chiqarilgan Joze Mourino yana ishga kirishishi mumkin.

Tecno

Portugaliyaning “Benfika” klubi Evropa Chempionlar ligasi umumiy guruhi birinchi turida Ozarbayjonning “Karabax” jamoasiga yutqazganidan keyin bosh murabbiy Brunu Lajeni ishdan bo‘shatib yubordi.

Ayni paytda “Benfika” rahbariyati Joze Mourino bilan muzokara o‘tkazmoqda va kelishuv amalga oshish ehtimoli juda katta. Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Joze Mourinoning o‘zi ham bu klubdan tezroq ish boshlashni istayapti.

Ma’lumki, Moruino faoliyati davomida “Portu”, “Real”, “Chelsi”, “Inter”, “Tottenxem”, “Roma” kabi jamoalarda ham ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!